Islom Xolboy 1961 yil 18 sentyabrda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida tug‘ilgan.
U tug‘ilgan Qoraun qishlog‘ida baxshilar ko‘p bo‘lgan. U bolaligidan Go‘ro‘g‘li, Shohsanam va G‘arib, Kuntug‘mish kabi dostonlarni eshitib ulg‘ayadi. O‘g‘uzxonning qilichi dostonidagi ko‘p voqealar va afsonalarni ham u xalq tilidan eshitgan.
U 1988 yilda Toshkent Davlat Unversiteti Jurnalistika kulliyotining kechki bo‘limini tugatgan. Bir vaqtning o‘zida jurnal va gazetalarda ishlagan.
U O‘zbekistonning Ozodligi uchun kurashgan “Birlik” xalq harakati asoschilaridan biri.
“Birlik” bo‘linganidan keyin “Erk” demokratik partiyasida bir muddat Rais o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. “Erk” demokratik partiyasini siyosiy qarashlari tufayli tark etgach, u bir guruh o‘ziga o‘xshagan yoshlar bilan “Vatan taraqqiyoti” partiyasiga asos soladi.
Uning ilk she’riy “Hijron azobi” kitobi 1998 yilda Toshkentda chop etiladi. O‘zbekiston qamoqxonalaridagi real voqealarni o‘z ichiga olgan olti kitobdan iborat Tuzoq romaning birinchi kitobi esa, 2021 yilda Anqarada turk va o‘zbek tillarida nashr qilindi.